Samarqandda Ipak yo‘li bo‘yicha JST ofisi ochildi
O'zbekiston
Samarqandda “Ipak yo‘li turizmi”ga bag‘ishlangan Jahon turizm tashkiloti (JST) tematik ofisi tantanali ravishda ochildi.
Ochilish marosimida JST delegatsiyasi a’zolari, jumladan bosh kotib Shayxa Naser Al Novais ishtirok etdi. Yangi mini-markaz Ipak yo‘lining boy tarixiy-madaniy merosi asosida turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilishga qaratilgan.
Mazkur ofis xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sayyohlar oqimini oshirish va turizm sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Tashrif doirasida JST delegatsiyasi Samarqandning asosiy madaniy meros obyektlari hamda turizm yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishmoqda.
Ushbu ofisning ochilishi O‘zbekistonning global turizm xaritasidagi o‘rnini mustahkamlash va Ipak yo‘li yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor