AQSh: Ukraina hukumati saylovlar o‘tkazishga rozi
Siyosat
AQSh prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff Ukraina hukumati prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Kiyev hozircha bu bayonotga javob bermadi.
AQSh maxsus vakili Stiven Uitkoff 21-mart, juma kuni Takker Karlson bilan intervyusida Ukraina hukumati mamlakatda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘lganini aytdi.
Uitkoff bu bayonotni Karlsonning Rossiya rasmiylari Vladimir Zelenskiy bilan har qanday shartnomaga imzo chekishdan bosh tortayotgani va uni noqonuniy deb hisoblayotgani haqidagi gaplariga javoban berdi. Jurnalist undan Ukrainada saylovlar o‘tkaziladimi, deb so‘radi.
"Ha, ular bo‘ladi. Ular bunga rozi bo‘ldi. Ukrainada saylovlar o‘tkaziladi," — dedi Uitkoff. U aynan kim bunday qarorga kelganini va qachon ovoz berish bo‘lishi mumkinligini aniq aytmadi. Kiyev bu bayonotni izohlamadi.
"Bu mojarodagi eng katta masala — to‘rt hududning taqdiri. Donbass (Lugansk va Donetsk viloyatlari), Qrim va yana ikkita (Zaporoje va Xerson viloyatlari). Ular rus tilida so‘zlashuvchi hududlar. U yerda referendumlar o‘tkazilgan va aholi aksariyati Rossiya tarkibida bo‘lishni istaganini bildirgan. Menimcha, bu mojarodagi asosiy masala. Bu hal bo‘lgach, biz juda ijobiy muzokaralar olib boramiz," — dedi AQSh maxsus vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu hududlarni de-fakto nazorat qilmoqda, ammo Ukraina qonunlari buni tan olishni taqiqlaydi. "Savol shundaki, jahon hamjamiyati ularni Rossiya hududi deb tan oladimi yoki yo‘q. Va agar Zelenskiy buni tan olsa, u siyosiy jihatdan omon qoladimi. Bu mojarodagi markaziy muammo," — dedi Uitkoff.
Shuningdek, Uitkoffning ta’kidlashicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va prezident devoni rahbari Andrey Yermak allaqachon Ukraina NATOga a’zo bo‘lishidan voz kechganini "sezilarli darajada tan olgan."
Ma'lumot o'rnida, Ukraina prezidenti saylovlari 2024-yil 31-martda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Oliy Rada mamlakatdagi harbiy holat tufayli saylovlarni e’lon qilmadi. Ukraina konstitutsiyasi prezidentlik saylovlarini harbiy holat paytida o‘tkazishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlamaydi, biroq "Harbiy holat huquqiy rejimi to‘g‘risida"gi qonunda bunday taqiq mavjud.

Powered by Froala Editor