AQSh Ukrainani Rossiyaning NQIZ’lariga qarshi zarbalarni to'xtatishga chaqirdi

Dunyo

Dron zarbalari umumjahon neft narxining oshishiga olib kelishi va Rossiyani qasos olishga undashi Vashingtonni xavotirga solmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

AQSh Ukrainani Rossiyaning NQIZ’lariga qarshi zarbalarni to'xtatishga chaqirdi
Buning sababi shundaki, Rossiya, sanksiyalarga qaramay, dunyodagi eng yirik energiya eksportchilaridan biri bo'lib qolmoqda. Neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan hujumlar tufayli 2024-yilda neft narxi bir barrel uchun taxminan 15% ga oshib, $85 ni tashkil etdi.

Vashington shuningdek, agar Rossiya obyektlariga zarbalar davom etsa, Rossiya G'arb tayanadigan energetika infratuzilmasiga qarshi javob qaytarishi mumkinligidan xavotirda. Masalan, Qozog‘istondan Rossiya orqali jahon bozoriga neft olib chiquvchi CPC quvuri xavf ostida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing