AQSH va Eron sulh buzilgach yana o‘zaro zarba almashdi
Dunyo
AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaydi. Har ikki tomon keng ko‘lamli zarbalar berganini ma’lum qilib, bir-birini avval erishilgan sulhni buzishda aybladi.
AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) amerikalik harbiylar Eron hududidagi 80 dan ortiq harbiy nishonga zarba berganini bildirdi. Unga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari, qo‘mondonlik punktlari, qirg‘oq radiolokatsiya stansiyalari, kemalarga qarshi mudofaa vositalari hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining 60 dan ortiq kichik kateri nishonga olingan. AQSH shuningdek, Eronni Hormuz bo‘g‘ozida uchta tijorat kemasiga hujum qilganlikda aybladi.
Tasnim agentligi esa Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tayanib, javoban Bahrayn va Quvaytdagi 85 ta Amerika harbiy obyektiga zarba berilganini ma’lum qildi. Shuningdek, Eron tomoni AQSHning MQ-9 uchuvchisiz apparati urib tushirilganini bildirdi.
Tehron AQSHning hujumlari qirg‘oqdagi harbiy bazalar va fuqarolik obyektlariga qaratilganini hamda bu sulhning qo‘pol ravishda buzilishi ekanini ta’kidladi. Bundan bir kun avval AQSH Moliya vazirligi Eron nefti va neft mahsulotlarini yetkazib berishga ruxsat bergan litsenziyani bekor qilgan edi.

Powered by Froala Editor