AQSh va Rossiya mudofaa rahbarlari Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi
Siyosat
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Bu haqda Anadolu agentligi Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Telefon muloqoti Amerika tomonining tashabbusi bilan boʻlib oʻtdi.
“Belousov AQSh Ukraina qurolli kuchlari uchun qurol-yarog' yetkazib berishda davom etayotgani sababli vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligidan ogohlantirdi. Boshqa masalalar ham muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiya va AQSh mudofaa vazirliklari rahbarlarining telefon orqali suhbati haqida Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder xabar bergan edi.
"Suhbat davomida vazir Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi paytida aloqa liniyalarini ochiq saqlash muhimligini ta'kidladi", - dedi Rayder.
Pentagon matbuot kotibi, shuningdek, Ostin Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan oxirgi marta 2023-yil 15-martda gaplashganini eslatdi.

Powered by Froala Editor