AQSh Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartini lavozimidan ozod qildi
Siyosat
Kevin Makkartini o‘z lavozimidan ozod qilish taklifi Respublikachilar partiyasi vakili Mett Gets tomonidan ilgari surilgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi Kevin MakKartini spikerlik lavozimidan chetlashtirish uchun ovoz berdi. Bu haqda CNN maʼlum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qarorni yoqlab 216 nafar, qarshi ovoz berganlar soni 210 nafarni tashkil qilgan. Kevin Makkartini o‘z lavozimidan ozod qilish taklifi Respublikachilar partiyasi vakili Mett Gets tomonidan ilgari surilgan edi.
30-sentyabr kuni Makkarti demokratlar bilan kelishuvga erishib, 45 kunlik federal xarajatlarni moliyalashtirish uchun budjet rezolyutsiyasini qabul qilgandi, bu hukumat faoliyati to‘xtatilishining oldini olishga yordam berdi. Ushbu murosa tufayli Gets o‘z partiyadoshining iste’fosini talab qildi.
Vakillar palatasi Patrik Makgenrini vaqtinchalik spiker etib tayinladi.

Powered by Froala Editor