AQSh Xitoy bilan sog'lom munosabatlarni xohlaydi - Yellen

Dunyo

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari o'rtasidagi munosabatlar yaxshilanmoqda, ammo Rossiyani qo'llab-quvvatlayotgan Xitoy AQSH tomonidan ogohlantirildi.

AQSh Xitoy bilan sog'lom munosabatlarni xohlaydi - Yellen
AQSh va Xitoy 10-noyabr kuni “sog‘lom iqtisodiy munosabatlar”ni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda AQSh Moliya vaziri Janet Yellen Xitoy Bosh vaziri o'rinbosari He Lifeng bilan ikki kunlik uchrashuvlardan so'ng ma’lum qildi.

"Biz iqtisodiyotimizni Xitoydan ajratishga intilmayapmiz. Bu AQSh va Xitoyga zarar keltiradi va dunyoni beqarorlashtiradi", dedi Yellen.

Qayd etilishicha, muzokaralar kelgusi hafta Prezident Jo Bayden va Xitoy Prezidenti Si Szinpin o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti doirasidagi uchrashuv uchun asos yaratishga yordam bergan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing