AQSh Yaqin Sharqqa qo'shin yuborishni rejalashtirmayapti – Kamala Harris

Dunyo

Amerika Qo'shma Shtatlar Falastin-Isroil mojaro zonasiga qo'shin yuborishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

AQSh Yaqin Sharqqa qo'shin yuborishni rejalashtirmayapti – Kamala Harris
“Biz Isroil yoki G‘azoga jangovar qo‘shin yuborish niyatimiz ham, rejamiz ham yo‘q”, dedi Harris.

Vitse-prezident Qo'shma Shtatlar Isroilga diplomatik yordam ko'rsatayotganini ta'kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar urush qonunlarini hurmat qiladi va insonparvarlik yordami muhimligini aniq ifoda etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing