AQSh zarbalaridan so‘ng Venesuelada favqulodda holat

Dunyo

3-yanvar tongida Venesuela poytaxti Karakasda bir qator portlashlar sodir bo‘ldi. Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, kamida yettita portlash qayd etilgan. CNN xabariga ko‘ra, dastlabki portlashlar mahalliy vaqt bilan soat 1:50 atrofida yuz bergan. Portlashlar Miranda, Aragva va La-Guayra shtatlarida ham eshitilgan.

AQSh zarbalaridan so‘ng Venesuelada favqulodda holat
Venesuela Tashqi ishlar vazirligi mamlakat “AQShning jiddiy harbiy tajovuziga” uchraganini ma’lum qildi. Prezident Nikolas Maduro favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Reuters xabariga ko‘ra, Karakasning janubiy hududlarida elektr ta’minoti uzilgan; ushbu hudud yaqinida yirik harbiy baza joylashgan.

Guvohlar poytaxtning bir nechta tumanlarida otishmalar bo‘lganini bildirgan hamda AQSh armiyasi tasarrufidagi CH-47 vertolyotlarining parvozini aks ettirgan videolarni e’lon qilgan. Efecto Cocuyo nashri Fort-Tiuna harbiy bazasi va La-Karlota hududida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi. Prezident Miraflores saroyi yaqinida brontexnika kuzatilgan.

CBS News AQSh rasmiylariga tayanib, prezident Donald Tramp Venesuela hududidagi, jumladan harbiy obyektlarga zarba berish buyrug‘ini berganini ma’lum qildi. Venesuela rasmiylari esa davlat tuzilmalari faoliyati davom etayotganini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing