AQShda Bayden va Tramp o‘rtasidagi telebahslarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi
Siyosat
Noyabrdagi prezidentlik saylovlari oldidan Bayden va Tramp o‘rtasidagi birinchi telebahs 90 daqiqa davom etdi.
27-iyun, payshanba kuni AQShda 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan prezident Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasida birinchi telebahs bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi CNN studiyasida nutq so’zladi.
Bahs AQSh iqtisodiyotining ahvolini muhokama qilishdan boshlandi. Amaldagi prezident o‘z ma’muriyatining iqtisodiy muvaffaqiyatlari deb hisoblagan narsalarni sanab o‘tib, hali qilinadigan ishlar ko‘pligini qo‘shimcha qildi. Tramp inflyatsiya Qo‘shma Shtatlarni “o‘ldirayotgani”ni ta’kidladi.
Immigratsiya va abortni taqiqlash bo'yicha fikr almashgandan so'ng, moderatorlar tomonidan taklif qilingan raqiblar tashqi siyosatga o'tishdi.
Birinchi navbatda Ukrainadagi urush muhokama qilindi. Moderator Dana Bash ishtirokchilardan Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini maqbul deb hisoblaydimi, deb so‘radi.
Tramp Baydenni Ukrainadagi urushda ayblab, agar AQSh “yetakchisi bo‘lganida” hech qachon keng ko‘lamli bosqin sodir bo‘lmasligini ta’kidladi. "Bu hech qachon boshlanmasligi kerak bo'lgan urush",― dedi sobiq prezident va Bayden davrida Ukraina "200 milliard dollar yoki undan ko'proq" olganini da'vo qildi. "Bu juda katta pul", ― deb qo'shimcha qildi u. U Putinning Ukrainadagi urushni to’xtatish bo’yicha takliflarini maqbul deb hisoblaydimi yoki yo'qmi degan takroriy savolga Trump: “Yo‘q, ularni qabul qilib bo‘lmaydi”,― deb javob berdi.
Prezident Bayden o‘z navbatida Vladimir Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atadi. “Unga butun Ukraina kerak”, — dedi u.
So’ngra siyosatchilar G'azo sektoridagi vaziyatga o'tishdi. “Urush davom etishini faqat HAMAS istaydi”,― dedi Amerikaning amaldagi rahbari Jo Bayden.
Trampdan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun mustaqil Falastin davlatini yaratishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi fikri so‘raldi, ammo u to'g'ridan-to'g'ri javob bermay, "O’ylab ko’ramiz" dedi va shundan so'ng u Yevropa mamlakatlari bilan savdo bitimlarini muhokama qilishga o'tdi.
81 yoshli demokrat va 78 yoshli respublikachi o‘rtasidagi bahs-munozaralar ikki reklama tanaffusi bilan 90 daqiqa davom etdi.
Ikkinchi telebahs 10-sentyabr kuni ABC telekanalida bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor