AQShda Google kompaniyasining bo‘linishi taxmin qilindi

Biznes

AQSh Adliya vazirligi Google kompaniyasini bo‘lishni ko‘rib chiqmoqda. The Verge xabariga ko‘ra, hukumat vakillari Google’ning bozordagi monopoliyasini kamaytirish uchun choralar taklif qilgan.

AQShda Google kompaniyasining bo‘linishi taxmin qilindi
Vazirlik tomonidan taqdim etilgan hujjatda Google’ga nisbatan xulq-atvor va tuzilmaviy choralardan foydalanish taklif etilgan. Ushbu choralarga ko‘ra, Google kompaniyasining ba’zi bo‘limlari, jumladan Chrome, Android va Google Play’ni sotishga majbur qilish ham ko‘rib chiqilmoqda.

Google bunga javoban, bu choralar sud qaroridan oshib ketishi va Chrome hamda Android kabi mahsulotlarning ish faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini bildirdi. Ularning fikricha, milliardlab foydalanuvchilar bu mahsulotlardan foydalanmoqda va ularning o‘rnini boshqa kompaniyalar bosa olmaydi.

So‘nggi oylarda AQSh sudlari bir necha marta Google’ni monopolist deb topdi, bu esa kompaniyaning bozor raqobatini tiklash uchun muhim qaror deb baholanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing