AQShda xavfli issiq havo haqida ogohlantirish ko’rsatkichi uchun yangi rang joriy etildi

Dunyo

AQShda havoning haddan tashqari issiqligi sababli binafsha xavf darajasi joriy etildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

AQShda xavfli issiq havo haqida ogohlantirish ko’rsatkichi uchun yangi rang joriy etildi
Asbobning oldingi versiyasi oq, sariq, to'q sariq va qizil darajalarni o'z ichiga olgan. Oq rang sog'liq uchun xavf yo'qligini, qizil rang esa salqin havo va yetarli miqdorda ichimlik suvi mavjud bo'lmagan joylarda qolgan har qanday inson uchun jiddiy xavf tug'dirishini bildirardi.

Binafsha rang nafaqat sog'liq, balki hayot uchun ham xavf tug’dirishini anlgatadi. Mazkur rangni o’ta issiq havo uzoq vaqt davom etadigan va hatto kechasi ham pasaymaydigan hollarda e'lon qilish rejalashtirilgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, issiqlik xavfining binafsha darajasini yaqin kelajakda e’lon qilishga to’g’ri keladi, chunki issiqlik to'lqinlari yildan-yilga kuchayib, uzoq davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing