AQShda yuz minglab amerikaliklar ICEga qarshi namoyishlarga chiqdi

Dunyo

AQSh bo‘ylab yuz minglab odamlar Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) faoliyatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqdi. Noroziliklar Minneapolis, Nyu-York, San-Fransisko va Los-Anjeles kabi yirik shaharlarda bo‘lib o‘tdi, unda namoyishchilar immigratsiya xizmati faoliyatini to‘xtatishni talab qildi.

AQShda yuz minglab amerikaliklar ICEga qarshi namoyishlarga chiqdi
Mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, ishtirokchilar marshlar uyushtirib, ICEga qarshi shiorlar ilonib, xizmat idoralariga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. Los-Anjelesda bu harakatlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib keldi va maxsus vositalar qo‘llanildi.

Bu noroziliklar ICE faoliyati bilan bog‘liq bir qator keskin voqealarga javoban yuzaga kelgan keng jamoatchilik noroziligi fonida sodir bo‘lmoqda. Xususan, Minneapolisda agentlarning kuch ishlatish holatlari keskin tanqid ostida qoldi va immigratsiya siyosatini o‘zgartirish chaqiriqlarini kuchaytirdi.

Talablar orasida xizmatning qattiq usullarini to‘xtatish, tizimli islohotlar o‘tkazish yoki butunlay bekor qilish bo‘yicha keng qo‘llab-quvvatlanayotgan chaqiriqlar bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing