AQSHning eng yirik kompaniyalaridan biri O'zbekistonda soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tdi
Biznes
Dunyoning eng yirik onlayn-riteylerlaridan biri – "eBay" O'zbekistonda qo'shilgan qiymat solig'i (QQS)ni to'lash uchun ro'yxatdan o'tdi. "Kazinform" xalqaro axborot agentligining ma'lum qilishicha, "eBay"dan tashqari, xorijiy internet-kompaniyalar uchun maxsus soliq idorasida "Netflix", "Amazon", "Google", "Apple", "Zoom" va boshqa kompaniyalar ham ro'yxatdan o'tgan.
"2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida O'zbekiston hududida elektron xizmatlar ko'rsatuvchi 61 ta chet el kompaniyalari mamlakat byudjetiga 7,8 million AQSH dollari soliq to'lagan bo'lib, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko'pdir", – deb yozgan nashr.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda QQS to'lovchi 64 ta xorijiy kompaniya mavjud bo'lib, o'tgan yil oxirida elektron tijorat xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniyalar uchun yangi talablar joriy etilgan.
Eslatib o'tamiz, davlatimiz rahbarining "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta'minlash bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoniga ko'ra, O'zbekistonda foyda solig'i va QQS stavkalari 2028-yilgacha oshirilmaydi.

Powered by Froala Editor