Aral Sea Wetlands: Toshkentda Orol havzasi ekotizimlarini tiklash masalalari muhokama qilindi
O'zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Global ekologik fond hamkorligida amalga oshirilayotgan Aral Sea Wetlands loyihasining 7-yig‘ilishidan iborat Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026-yil II choragidagi ishlar natijalari va loyihaning keyingi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishga Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Salomov hamda BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Fayad Karman raislik qildi.
Loyiha doirasida II chorakda suv va yer resurslarini boshqarish sohasidagi mutaxassislar uchun 17 ta ta’lim seminari va trening o‘tkazildi. Shuningdek, iyul oyida tashkil etilgan uch kunlik media-ekspeditsiya natijalari muhokama qilindi. Unda jurnalistlar Quyi Amudaryoning muhim tabiiy obyektlari va ekotizimlari bilan bevosita tanishdi.
Yig‘ilishda mikrograntlar dasturi hamda Quyi Amudaryoning degradatsiyaga uchragan va sho‘rlangan yerlarini tiklashga qaratilgan yangi innovatsion tanlov masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar ekologik boshqaruvni takomillashtirish, bioxilma-xillikni saqlash, huquqiy va institutsional mexanizmlarni kuchaytirish hamda 2026-yil III chorak uchun loyiha budjeti ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.
Aral Sea Wetlands loyihasi Orol havzasidagi ko‘llar, suv-botqoq va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlarini saqlash hamda barqaror boshqarishga qaratilgan. BMTTD iyun oyida loyiha doirasida Quyi Amudaryo havzasi uchun suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish rejasi konsepsiyasi ishlab chiqilganini ma’lum qilgan edi.

Powered by Froala Editor