Argentina prezidenti Ilon Maskka zarhal zanjirli arra sovg‘a qildi
Siyosat
Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh Merilend shtatidagi Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida (CPAC) Ilon Maskka oltin bilan qoplangan zanjirli arra sovg‘a qildi. Mask buni «byurokratiya uchun arra» deb atadi.
Zanjirli arra tig‘iga «Viva la libertad, carajo» shiori o‘yib yozilgan bo‘lib, bu so‘zma-so‘z «Yashasin ozodlik, la’nati!» degan ma’noni anglatadi. Argentina prezidenti bu iborani 2021-yilda parlament saylovlari va 2023-yildagi prezidentlik saylovida shior sifatida ishlatgan.
Xabarda aytilishicha, zanjirli arra Mileyning kabinetida osilgan arraning aynan nusxasi. Uning o‘zi saylovoldi tashviqoti paytida mitinglarga zanjirli arra olib borib, hukumat apparatiga sarflanadigan behuda xarajatlarni kamaytirmoqchi ekanligini namoyish etgan.
Mask suhbat davomida o‘zining siyosiy pozitsiyasini qanday o‘zgartirganini tushuntirdi. “Men ahmoq ekanligimni anglaganimda” siyosiy qarashlarim o‘zgardi, dedi u. Shuningdek, Mask o‘zining moliyaviy mustaqilligini ta’kidlab, “Agar men biroz ijtimoiy ta’minot pullarini o‘g‘irlasam, nihoyat yaxshi narsalar sotib olaman” deb hazillashdi.

Powered by Froala Editor