Asad Rossiyaga 2 tonna dollar va evro olib ketgan

Dunyo

Suriya hukumatining sobiq rahbari Bashar Asad hokimiyatda bo'lgan davrida, mamlakatdan Rossiyaga millionlab dollar va evro naqd pullarni olib ketuvchi samolyotlar yuborilgani haqida Financial Times (FT) maxfiy hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.

Asad Rossiyaga 2 tonna dollar va evro olib ketgan
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘larni tashish 2018–2019-yillarda amalga oshirilgan va ular Suriya Markaziy Bankiga tegishli bo‘lgan. Shu bilan birga, FT manbasi aytishicha, o‘sha davrda Suriyada chet el valyutasi taqchilligi keskin bo‘lgan.

Manbaning qayd etishicha, mamlakatning zaxiralari deyarli "nolga teng" bo‘lgan. Shunga qaramay, Asad hukumati Moskvaning Vnukovo aeroportiga dollar va evro shaklidagi $250 million ekvivalentida naqd pullarni yetkazgan.

$100 va €500lik kupyuralardan iborat ushbu mablag‘ning umumiy og‘irligi taxminan 2 tonnani tashkil etgan. 2018-yil martidan 2019-yil sentyabrigacha jami 21 ta aviatsiya reysi amalga oshirilgan. Rossiyaga keltirilgan barcha mablag‘lar keyinchalik Rossiya banklariga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, Asad oilasi Rossiyada yashirincha aktivlar, jumladan, hashamatli ko‘chmas mulklar sotib olgani aniqlangan. Xususan, ular Moskva-Siti mintaqasidagi elita turar joylaridan kamida 19 ta kvartirani xarid qilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati $40 milliondan kam bo‘lmagan.

2018–2019-yillarda, Suriya Markaziy Banki samolyotlar orqali Moskvaga naqd mablag‘larni yuborgan davrda, Asad rejimi asosan Rossiyaning harbiy ko‘magiga qattiq bog‘liq bo‘lganini "Financial Times" eslatib o‘tgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing