Atmosfera havosini ifloslantirgan "quruvchilar" javobgarlikka tortiladi

O'zbekiston

Qurilish maydonida chang va qum zarralarini atrof-muhitga tarqalishiga to'sqinlik qilmagan mansabdor shaxslarga BHM 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi. Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga BHM 50 baravari (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanadi.

Atmosfera havosini ifloslantirgan "quruvchilar" javobgarlikka tortiladi
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-martdagi O‘RQ-1042-sonli qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgarishlar qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Yangi qonunga ko‘ra, qurilish maydonlarida ekologik xavfsizlik qoidalariga rioya etmagan mansabdor shaxslar quyidagi javobgarlikka tortiladi:

Maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan qurilish hududlarida, unga tutash joylarda va chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga tarqalishini oldini olish choralari ko‘rilmasa yoki ifloslantiruvchi moddalar me’yordan ortiq miqdorda atmosferaga chiqarilsa, mansabdor shaxslarga 10 baravar BHM (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi.

Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga 50 baravar BHM (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tib kuchga kiradi.

Mazkur o‘zgarishlar qurilish jarayonida ekologik me’yorlarga qat’iy rioya qilishni ta’minlash hamda atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing