SHHT Bosh kotibi Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyuradi

O'zbekiston

4-7 mart kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev Markaziy Osiyo mamlakatlariga rasmiy tashriflar doirasida O‘zbekistonga keladi.

SHHT Bosh kotibi Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyuradi
SHHT matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 4-7 mart kunlari Yermekbayev O‘zbekistonga, 14-15 mart kunlari Tojikistonga, 17-19 mart kunlari esa Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Tashriflar davomida davlatlar rahbariyati va tashqi ishlar vazirliklari bilan muzokaralar o‘tkazish, yetakchi tahliliy markazlarda davra suhbatlarida ishtirok etish, shuningdek, ommaviy tadbirlarda nutq so‘zlash rejalashtirilgan.

Avvalroq, yanvar va fevral oylarida SHHT rahbari Rossiya, Belarus va Hindistonga tashrif buyurib, tashkilot doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi.

Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat mintaqa davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing