Toshkent shahrida 10 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartiriladi

O'zbekiston

2025-yil 5-martdan boshlab, yo‘lovchi oqimi va fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqida Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi

Toshkent shahrida 10 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartiriladi
Unga ko'ra, 29-sonli (“Huvaydo mahallasi - Paxtakor metrosi”) — Beruniy va Al-Xorazmiy ko‘chalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi.

120-sonli (“Chorsu metrosi - Guliston mahallasi”) — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A. Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanadi.

105-sonli (“Sergeli qo‘rg‘oni - Chilonzor buyum bozori”) — Xonabod ko‘chasidan harakatlanadi, Ulgurchi bozoriga kirmaydi.

117-sonli (“Toshkent quvur zavodi - Food City”) — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurchi bozori orqali harakatlanadi.

154-sonli (“Bobur mahallasi - Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi”) — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali harakatlanadi.

87-sonli (“AI Xorazmiy mavzesi - Qoraqamish 2/4 mavzesi”) — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi ko‘chalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.

17T-sonli (“Bekobod mavzesi - Chilonzor buyum bozori”) — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayrag‘och, Bekobod, Istirohat ko‘chalari orqali harakatlanadi.

99-sonli (“Suvsoz mavzesi - Farhod bozori”) — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yo‘li, Lutfiy va Farhod ko‘chalari orqali harakatlanadi.

12-sonli (“Qo‘yliq dehqon bozori - Qushbegi mavzesi”) — Qushbegi mavzesidan Kichik halqa yo‘li va Bobur ko‘chalari orqali Xalqaro Aeroport-2 bekatigacha harakatlanadi.

174-sonli (“Aviasozlar AShB - Jumabozor qo‘rg‘oni”) — Jumabozor AShBdan Jumabozor qo‘rg‘oni bekatigacha uzaytiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing