Avstraliya sentyabr oyida Falastinni tan oladi
Dunyo
Avstraliya sentyabr oyida Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albanese ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror qabul qilinishidan avval Avstraliya Falastin rahbariyatidan Hamas kelajakdagi hukumatda ishtirok etmasligi, demilitarizatsiya, umumiy saylovlar o‘tkazish va Isroilning mavjudligini tan olish bo‘yicha kafolatlar olgan.
Albanese ta’kidlashicha, “Ikki xalq — ikki davlat” tamoyili Yaqin Sharqdagi zo‘ravonliklar sikliga barham berish, shuningdek, G‘azodagi mojaro, azob-uqubat va ocharchilikni tugatish uchun eng katta umiddir.
Bungacha Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanada ham Falastinni tan olish bo‘yicha tashabbuslar ko‘rsatgan edi.

Powered by Froala Editor