Avstriya Rossiya gazidan voz kechishga tayyorlanmoqda

Iqtisodiyot

Energetika vaziri Leonore Gevesslerning aytishicha, Avstriya hukumati OMV neft-gaz konserni tomonidan tuzilgan Rossiya gazini yetkazib berish bo'yicha uzoq muddatli shartnomalarni asta-sekin bekor qilishi kerak.

Avstriya Rossiya gazidan voz kechishga tayyorlanmoqda
"Biz OMV bilan kelishuvlarni yakunlashga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", — dedi siyosatchi.

Uning fikricha, Rossiya bilan hamkorlik va katta hajmdagi tabiiy gazni yetkazib berish majburiyatlari Avstriya energetika sohasida rus gazining ulushi bunchalik katta bo‘lishining sabablaridan biriga aylangan.

Yanvar oyida Avstriyaning OMV kompaniyasi vakillari Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berish to‘xtatilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edilar. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda "Gazprom" 2040-yilgacha bo'lgan uzoq muddatli shartnomada belgilangan barcha gaz ta'minoti majburiyatlarini bajargan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing