Ayollar uchun eng yaxshi himoya — taʼlim olish imkoniyatidan erkin foydalanishdir
Dunyo
Saida Mirziyoyeva Qatarda o‘tkazilgan Ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuniga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi. U mazkur tadbirda qatnashish sharafi haqida to‘xtalib, Shayxa Muza bint Nosirga taklif uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston ta’lim sohasiga, ayniqsa, ayollar va qizlarning bilim olishiga katta e’tibor qaratmoqda. 2018-yilda Termizda tashkil etilgan kasb-hunar ta’limi markazi bunga yorqin misol bo‘lib, ushbu markazda 700 ga yaqin afg‘onistonlik talabalar tahsil olgan, ulardan 200 nafari ayol-qizlardir.
Afg‘onistonlik ayollar uchun bu imkoniyat juda muhim, chunki ularning mamlakatida malakali tibbiy kadrlar, ayniqsa, ona va bola salomatligini himoya qilish sohasida yetishmovchilik mavjud. O‘zbekiston afg‘on qizlari va ayollarini muhim kasblarga o‘qitishni davom ettirishga tayyor.
Saida Mirziyoyeva shuningdek, Qatar hukumati va "Education Above All" jamg‘armasi bu borada O‘zbekistonga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ta'kidladi. Ta'lim ayollar uchun eng yaxshi himoya vositasi ekanligini alohida qayd etdi.

Powered by Froala Editor