Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda

O'zbekiston

Bokschi obrazini aktyor Ulugʻbek Qodirov gavdalantirgan.

Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda
Tokioda bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan o‘zbek o‘g‘loni Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda. Bu haqda Milliy Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan film nomi “Yengilmas. Tokioga yo‘l” deya nomlangan. Unda sportchining xalqaro yutuqlari haqida hikoya qilinadi.

Kinokartinaning suratga olish ishlari davom etmoqda.

Ssenariy mualliflari Sergey Kuzmenix, Nurillo Narzullayev va Sultonbek Abbosov, postanovkachi rejissyor: Akrom Isakov.

Filmda bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing