Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov oltin medallarni qoʻlga kiritdi
Sport
Xanchjouda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Abdumalik Xalokov Shudai Haradani, Bahodir Jalolov esa Kamshibek Konkbayevni magʻlubiyatga uchratdi.
Boks bahslarida O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov delegatsiya hisobiga galdagi oltin medalni taqdim qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi finalda yaponiyalik Shudai Haradani mag’lub etib, Osiyo o’yinlari chempioniga aylandi.
Xuddi shu kabi Bahodir Jalolov ham sovrinlari sonini to’liq ko’rinishga keltirdi. +92 kg vazn toifasining finalida bahs olib borgan bokschi finalda azaliy raqiblaridan biri, qozog’istonlik Kamshibek Konkbayev ustidan yana bir bor g’alaba qozonib, Osiyo o’yinlari chempioniga aylandi.

Powered by Froala Editor