Bahodir Jalolovning jangi husnbuzar sabab bekor bo‘ldi
Sport
Superog‘ir vazn toifasidagi bokschi, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov UZB vaqti bilan 7-fevral tongda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan oqshomda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq Baxodir Jalolovning jangi labi ustidan chiqqan husnbuzar sabab bekor qilindi.
Afsuski, uning fransiyalik Devid Spilmontga qarshi kechadigan jangi bekor qilinibdi. Bunga sabab Jalolovning lab qismidagi kichik husnbuzar (ugri) sabab sifatida ko‘rsatildi. Bokschilar rasmiy tarozidan o‘tish marosimida ham qatnashib ulgurishgan edi.
Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov prof faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.

Powered by Froala Editor