Shavkat Mirziyoyev bahorgi ekish va chiqindilarni boshqarish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o’tmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev bahorgi ekish va chiqindilarni boshqarish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazmoqda
O’zbekiston rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning bu boradagi faoliyati ko‘rib chiqilgani, ulardan 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilganini qayd etdi.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing