Bahrayn-2025: O‘zbekiston bugun 16 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining kechagi kun bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun yana bir muvaffaqiyatli kun bo‘ldi. Sportchilarimiz jami 16 ta medal — 5 oltin, 5 kumush va 6 bronzani qo‘lga kiritishdi.

Bahrayn-2025: O‘zbekiston bugun 16 ta medalni qo‘lga kiritdi
Oltin:
- Munisbek Davletov (og‘ir atletika, -88 kg, dast ko‘tarish)
- Munisbek Davletov (og‘ir atletika, -88 kg, siltab ko‘tarish)
- Dilafro‘z Boltaboyeva (dzyudo, -40 kg)
- Abubakr Sattorov (dzyudo, -55 kg)
- Bunyod Rufatov (erkin kurash, -80 kg)

Kumush:
- Alina Kolyucheva (dzyudo, -44 kg)
- Davlat Axrorov (dzyudo, -60 kg)
- Shahobiddin Nurmanov (erkin kurash, -48 kg)
- Shohista Shonazarova (erkin kurash, -43 kg)
- Shahnoza Haydarova (og‘ir atletika, -69 kg, dast ko‘tarish)

Bronza:
- Shohjahon Usmonov (dzyudo, -50 kg)
- Zuhra Alimova (dzyudo, -52 kg)
- Abdumalik Jaloldinov (erkin kurash, -55 kg)
- Shohiddin Aliyev (erkin kurash, -65 kg)
- Dilnura Avezova (erkin kurash, -57 kg)
- Muhayyo Rahimjonova (erkin kurash, -69 kg)

Bu natijalar yosh sportchilarimizning xalqaro maydondagi yuksak salohiyati va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini yana bir bor ko‘rsatdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing