Bahrayn-2025: O‘zbekiston hisobiga 13 ta medal qo‘shildi

Sport

Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining kechagi kuni O‘zbekiston sportchilari uchun eng sermahsul kunlardan biri bo‘ldi. Hamyurtlarimiz jami 13 ta medal — 5 ta oltin va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bahrayn-2025: O‘zbekiston hisobiga 13 ta medal qo‘shildi
Bahraynda davom etayotgan Osiyo yoshlar o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana bir bor o‘z mahoratini namoyon etdilar.

Oltin medal egalari:
- Gulhayo Sattorova (velosport, guruh poygasi)
- Marjona Abdumutalova (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, –58 kg)
- Marjona Abdumutalova (og‘ir atletika, siltab ko‘tarish, –58 kg)
- Muxlisa Masharipova (erkin kurash, –40 kg)
- Ulug‘bek Rashidov (erkin kurash, –51 kg)

Bronza medal egalari:
- Mirjalol Mukammilov (erkin kurash, –45 kg)
- Mehribona Qudaynazarova (erkin kurash, –46 kg)
- Faxriddin Nasriddinov (erkin kurash, –60 kg)
- Farruhbek Jumanazarov (erkin kurash, –71 kg)
- Muhammadismoil Rahmonov (suzish, 200 metr brass)
- Sarvinoz Ko‘paysinova (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, –63 kg)
- Ulbosin Jalg‘asbayeva (boks, –66 kg)
- Nazokat Mardonova (boks, –50 kg)

Shu tarzda, O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida yuqori natijalarni saqlab qolmoqda va hozircha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing