Bayden: AQSh Ukraina qurolli kuchlariga Amerika qurollari bilan Moskvaga hujum qilishga yo'l qo'ymaydi

Dunyo

AQSh Ukraina qurolli kuchlarining Moskva va Kremlga Amerika qurollari bilan zarba berishiga ruxsat bermoqchi emas, dedi Prezident Jo Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

Bayden: AQSh Ukraina qurolli kuchlariga Amerika qurollari bilan Moskvaga hujum qilishga yo'l qo'ymaydi
"Biz Rossiyaning ichki hududiga 322 kilometr masofada hujum qilinishiga yo‘l qo‘ymayapmiz va Moskva, Kremlga zarba berishga ham ruxsat bermayapmiz",— dedi Bayden.

AQSh prezidenti tegishli ruxsatnomani imzolaganidan keyin Amerika qurollari Rossiya hududiga zarba berish uchun ishlatilganmi yoki yo'qmi degan savolga to'g'ridan-to'g'ri javob bermadi.

5-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv chog'ida G'arb mamlakatlari ishtirokida Rossiya hududiga qilingan zarbalar ushbu davlatlarning Rossiya Federatsiyasiga qarshi urushga bevosita aloqadorligini anglatishini aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing