Bayden Kongressni Ukrainani qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi

Siyosat

Kongressning Ukrainaga keyingi harbiy yordam bo'yicha harakat qilmasligi "AQSh, NATO ittifoqi va boshqa erkin dunyoning milliy xavfsizligini xavf ostiga qo'yadi". Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressning bir qator qo‘mitalari rahbariyati bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

Bayden Kongressni Ukrainani qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi
Prezident Bayden Kongress Ukrainaning "Rossiyaning shafqatsiz bosqinidan himoya qilish uchun zarur bo'lgan resurslarni, shu jumladan havo mudofaasi va artilleriya vositalarini"olishini kafolatlashi muhimligini ta'kidlagan.

“Prezident Kongressni Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun tezda qoʻshimcha mablagʻ ajratishga va AQShning qatʼiyligi borasida kuchli signal berishga chaqirdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uni Ukrainaga yordam berish davom etishiga ishontirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing