Bayden so'rovnoma natijalari bo'yicha Trampdan biroz oldinda

Dunyo

AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampdan biroz oldinda. Buni Quinnipiac University’ning yangi so'rovnoma ma'lumotlari tasdiqlaydi.

Bayden so'rovnoma natijalari bo'yicha Trampdan biroz oldinda
Unga ko'ra, Baydenni 48%, Trampni esa 45% saylovchilar qo'llab-quvvatlaydi.

Shu bilan birga, so'rovnoma mustaqil nomzod Robert F. Kennedi kichik va uchinchi tomon nomzodlari Jill Steyn va Kornel Uestni o'z ichiga olgan holda kengaytirilganda, Tramp Baydenni 39–38% ga ortda qoldirdi.

So'rovnoma ma'lumotlariga ko'ra, Kennedi kichikni saylovchilarning 13%, Steynni 4%, Uestni 3% qo'llab-quvvatlaydi.

Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Kennedi kichikning poygada ishtirok etishi Respublikachilar partiyasi istiqboliga foyda keltirishini aytgandi.

"Kichik Kennedi poygada eng chap radikal nomzod sanaladi. [...] O'ylaymanki, u saylovchilarning bir qismini qallob Jo Baydendan tortib oladi, bu esa Amerikaga katta yordam beradi", — deydi The Hill Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog’idagi bayonotidan parchalarni keltirib.

«Bu MAGA (“Amerikani yana buyuk qilamiz”) foydasiga xizmat qiladi», — dedi AQShning sobiq prezidenti.

So‘rov 21–25-mart kunlari mamlakat bo‘ylab ro‘yxatga olingan 1407 nafar saylovchi o‘rtasida o‘tkazildi. Xatolik darajasi 2,6% punktni tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing