Baytqo‘rg‘on va Parkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi boshlandi

O'zbekiston

Toshkent viloyatining Qibray va Parkent tumanlarini bog‘laydigan elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishi boshlandi. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi. Bu haqida «Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli» kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Baytqo‘rg‘on va Parkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi boshlandi
Qayd etilishicha, elektrlashtirilgan temiryo‘lning umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi. Yangi yo‘nalishni loyihalash ishlari «Boshtransloyiha» AJ, qurilish ishlari esa temiryo‘lchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

«Bu nafaqat mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratadi, balki mamlakat turizm sektoriga ham katta foyda keltiradi. Elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi, albatta, bu jarayonni yanada osonlashtiradi. Chunki transport aloqalarining yaxshilanishi sayohatchilarni ko‘proq jalb qilishga yordam beradi. Endilikda Toshkent viloyati Parkent tumani ham sayyohlik manziliga aylanadi», — deb xabar bermoqda matbuot xizmati.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing