Bekzod Qurbonov Abu-Dabidagi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Abu-Dabi shahrida CSI3 tasnifidagi xalqaro musobaqa yakuniga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Bekzod Qurbonov Abu-Dabidagi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Bekzod Qurbonov 135 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha kechgan tezkor yoʻnalishdagi bahsda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bellashuvda Qurbonovga oʻzining sevimli “Santos Hippica” laqabli tulpori hamrohlik qildi. Chavandozimiz belgilangan masofani 78 ishtirokchi orasida eng tez vaqt 53.59 soniyada bosib oʻtdi.

Eslatib o'tamiz, CSI3 seriyasidagi xalqaro sakrash musobaqasi (Concours de Sat International) chavandozlar va ularning otlari uchun yuqori darajadagi sakrash musobaqasi sanaladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing