Belarus O‘zbekistonga milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni kengaytirishni taklif qildi

Iqtisodiyot

Belarus O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hisob-kitoblarida milliy valyutalardan foydalanish ulushini oshirishni taklif qilmoqda. Bu taklif Belarus Milliy banki boshqaruvi raisi Roman Golovchenko tomonidan O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov bilan uchrashuvda ilgari surildi.

Belarus O‘zbekistonga milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni kengaytirishni taklif qildi
Golovchenkoning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilda 30 foizdan ko‘proqqa oshgan. 2026-yilning birinchi yarmida ham o‘zaro savdo hajmi o‘sishda davom etgan.

«Iqtisodiyotlarimiz ko‘lami va shakllanayotgan muvozanatli tovar ayirboshlashni hisobga olgan holda, hisob-kitoblarning katta qismini milliy valyutalarda amalga oshirish uchun yaxshi sharoitlar yaratilmoqda», — dedi Belarus Milliy banki rahbari.

Uning qayd etishicha, mazkur yo‘nalishni rivojlantirish ikki davlat hukumatlari va markaziy banklarining vazifalaridan biridir.

Golovchenko Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy hamda savdo-iqtisodiy munosabatlarda yuqori darajadagi o‘zaro ishonch shakllanganini ham ta’kidladi. Uning fikricha, savdo hajmining o‘sishi milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni yanada kengaytirish uchun sharoit yaratmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing