Berlin elektr uzilishi kutilganidan tezroq bartaraf etildi
Dunyo
Berlinning janubi-g‘arbiy hududlarida elektr energiyasi ta’minoti besh kunlik uzilishdan so‘ng qayta tiklandi. Yong‘in sabab yuzaga kelgan nosozliklar kutilganidan tezroq bartaraf etildi va kun davomida o‘n minglab uylar tarmoqqa ulanadi.
Shahar aholisi mobil ogohlantirish tizimi orqali oldindan xabardor qilindi. Energiya operatori ma’lumotiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan muddatdan oldin yakunlangan.
Berlin meri Kay Vegner ijtimoiy tarmoq X’da elektr ta’minoti soat 11:00 dan boshlab tiklana boshlaganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ikki obyektida bir vaqtda olib borilgan ishlar jarayonni tezlashtirdi.
«Biz ushbu vaziyatdan zarur xulosalar chiqaramiz va Berlinning barqarorlik tizimini yanada mustahkamlashda davom etamiz», — dedi Vegner va favqulodda xizmatlarga minnatdorlik bildirdi.

Powered by Froala Editor