Berlin muzokaralari: kelishuvsiz “ilgarilash”
Dunyo
Berlinda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi kuni yakunlandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh tomoni Rossiyaga Donetsk viloyatining Ukraina nazoratida qolayotgan hududlarini topshirish masalasida o‘z talablarini saqlab qoldi, Kiyev esa bunga qat’iy qarshi chiqdi.
Ukraina delegatsiyasiga Prezident Volodimir Zelenskiy, Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Rustem Umerov, tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga va Bosh shtab boshlig‘i Andriy Gnatov kirdi. AQSh tomonini esa prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, tadbirkor Jared Kushner hamda NATOning Yevropadagi qo‘shma kuchlari qo‘mondoni Aleksus Grinkevich vakillik qildi.
“Suspilne” va The Guardian xabariga ko‘ra, Vashington Ukraina qo‘shinlarini Donetsk viloyatining nazorat ostidagi hududlaridan olib chiqishni talab qilgan. Ukraina tomoni bu talabni rad etib, hududiy yaxlitlik masalasi muhokama qilinmasligini bildirdi. Muzokaralarda Zaporoje AESni boshqarish va Ukrainada saylovlar masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Kyiv Post yozishicha, muzokaralarning asosiy mavzularidan biri xavfsizlik kafolatlari bo‘ldi. Zelenskiy tinchlik kelishuvi doirasida NATOga a’zolikdan voz kechishga tayyorligini bildirgan, biroq buning o‘rniga Alyansning 5-moddasiga o‘xshash xalqaro xavfsizlik kafolatlari talab qilinishini ta’kidlagan.
Besh soatdan ortiq davom etgan muzokaralar yakunida Stiv Uitkoff “sezilarli siljish” borligini aytdi, ammo muhim masalalar bo‘yicha aniq kelishuvga erishilmadi.

Powered by Froala Editor