Berlinda Germaniya – Markaziy Osiyo hamkorlik forumi bo'lib o'tdi

Dunyo

"G'arb-Sharq uchrashuvlari (West-östliche Begegnungen)" jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan mazkur forumda Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolik jamiyati vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlar va uyushmalar vakillari, shu jumladan O'zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.

Berlinda Germaniya – Markaziy Osiyo hamkorlik forumi bo'lib o'tdi
Forumning asosiy mavzusi ayollar va ta'lim, yoshlar, atrof-muhit va sog'liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy masalalarga bag'ishlandi. Ilmiy anjuman doirasida umumiy plenar va shoʻba yig'ilishlari hamda munozaralar panelida soha vakillari yuqoridagi mavzular bo'yicha g'oyalar, amalga oshirilayotgan loyihalar, bilim va tajribalar yuzasidan fikr almashdilar.

Forumda o'zbekistonliklar fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ularning natijalari haqida ma'ruzalar qilishdi. Xotin-qizlarni kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, inklyuziv IT-ta'lim, ijtimoiy sohadagi xayriya faoliyati, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimotini o'tkazishdi.

Uch kun davom etgan forumda o'zbekistonliklar yangi hamkorlar bilan tanishish, mavjud hamkorlikni mustahkamlash va Germaniya va Markaziy Osiyo o'rtasidagi jamiyatlararo aloqa o'rnatish haqida ma'lumotlar olish imkoniga ega bo’ldilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing