Bishkek SHHT sammiti va Ko‘chmanchilar o‘yinlari fonida 21 davlat yetakchilarini qabul qilishga tayyorlanmoqda
Dunyo
Qirg‘iziston 30-avgustdan 1-sentabrgacha Bishkekda bo‘lib o‘tadigan qator xalqaro tadbirlarga tayyorgarlikni yakunlamoqda. Shu kunlarda poytaxt Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, «SHHT+» formatidagi uchrashuvlar va VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimiga mezbonlik qiladi.
Qirg‘iziston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga bir vaqtning o‘zida 21 davlat rahbari tashrif buyurishi kutilmoqda. Ularning ayrimlari turmush o‘rtoqlari bilan keladi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari, Misr va Turkmaniston prezidentlarini Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida faxriy mehmon sifatida qatnashishga taklif qilgan.
SHHT sammitida tashkilotning barcha 10 ta a’zo davlati, jumladan O‘zbekiston vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Avvalroq SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Qirg‘izistonda davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham qatnashgan.
VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari Qirg‘izistonda 31-avgustdan 6-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimi 31-avgust kuni Bishkekda o‘tkaziladi, asosiy musobaqalar esa Issiqko‘l hududida davom etadi.
Tadbirlar ishtirokchilari bo‘yicha yakuniy ro‘yxat xorijiy delegatsiyalar tashrif jadvali to‘liq muvofiqlashtirilgach e’lon qilinadi.

Powered by Froala Editor