"Biz bu yerga tilanchilik uchun kelganimiz yo'q": G'azo aholisi narxlarning keskin ko'tarilishidan g'azabda
Dunyo
“Bright Uzbekistan” e’tiboringizga “Al-Jazira” telekompaniyasi jurnalistlari Lina Alsaafin va Maram Humaidning maqolasini havola etadi.
Isroil bombardimonlari tinganida, ya’ni gumanitar pauza davomida oziq-ovqat va issiq kiyim-kechak kabi zarur narsalarni sotib olishga umid qilayotgan odamlar narxlarning oshishidan hafsalasi pir bo'lmoqda.
Deyr al-Balah, G'azo sektorining markaziy qismi. 7-oktabrdan beri Isroil va HAMAS o‘rtasida tuzilgan ilk sulh bilan urush sadolari so‘ngan bir paytda, G‘azo bozorlari oziq-ovqat va qishki kiyim-kechak sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorlarga to‘lib ketdi.
Ammo mazkur mahsulotlarning, xususan, asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin oshib ketdi, bu esa xaridorlar orasida g'azab va norozilikni keltirib chiqardi. Buning oqibatida, ular katta va kichik do’kon egalarini narxlar ko’tarilib ketganlikda ayblashmoqda.
Bir oy oldin Isroil G'azo shimolidagi odamlarga janubga ko'chib o'tishni buyurganidan so'ng G'azo shahrining Nassr mahallasidagi uyidan ko'chirilgan Imm Abdulloh 12 nafar farzandi va nabiralari bilan Deyr al-Balahdagi BMTga qarashli maktablardan birida yashab kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktabdagi sharoitlar nihoyatda ayanchli bo‘lib qolgan, suv ham, oziq-ovqat ham deyarli yo‘q.
"Isroilliklar bizga varaqalarni tashlaganlarida, men oilam bilan faqat egnimdagi namoz kiyimimda chiqib ketdim, — deydi u. — Bizga maktabda oziq-ovqat yordami deyarli berilmaydi. Kunikecha atigi bir banka tunets konservasini oldik, xolos. Bu bilan oilamni qanday boqaman?”
Imm Abdulloh havo sovugani uchun o‘zi va nevaralari uchun oziq-ovqat va issiq kiyim xarid qilish niyatida shahar bozoriga keldi. Ammo u asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini topish ilinjida turli do'konlarga tashrif buyurganidan so'ng umidsizlikka tushdi.
"Men savdogarlar narxlarni nazorat qila olmasliklarini aytishsa, ularga ishonmayman, — dedi u. — Axir ular narxlani ko’tarmasdan, murakkab vaqtlarni boshdan kechirayotganimizni hisobga olishlari mumkin-ku, bu odamlardan foyda olish vaqti emas axir."
U juda qimmatlashib ketgan mahsulotlar ro‘yxatini sanab o‘tdi: ilgari 2 shekel (0,50 dollar) bo‘lgan bir shisha suv endi 4 yoki 5 shekel (0,80-1 dollar) turadi. Bir quti tuxum 45 shekel (12 dollar) turadi. Ilgari 1 shekel bo‘lgan tuzning kilosi endi 12 shekel (3,20 dollar), shakar esa 25 shekel (6,70 dollar) turadi.
"Bu adolatsizlik, — deydi Imm Abdulloh. — Bunga toqat qila olmayapman, shunga ba'zida dengiz qirg'og'iga borib ho’ng-ho’ng yig'layman, chunki oilamni qanday boqishni bilmayman-da! Uyimizda qolib, bomba ostida qolib ketganimizda edi, bularning barchasini boshdan kechirishimizga to’g’ri kelmasdi."
Blokada oqibatida milliardlab pullar isrof bo’ldi
Falastin markaziy statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, Gʻazo sektorida qashshoqlik darajasi 53 foizga yetgan, gʻazoliklarning uchdan bir qismi (33,7 foiz) oʻta qashshoqlikda yashamoqda.
G'azo oilalarining 64 foizi yetarli oziq-ovqatga ega emas, ishsizlik darajasi esa 47 foizni tashkil etadi, bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biridir.
G'azoda istiqomat qiluvchi iqtisodiy tahlilchi El-Hasan Bakrning fikriga ko'ra, narxlarning o’zgarishi turli tovarlar uchun 300 foizdan 2000 foizgacha inflyatsiyaga olib keldi.
Isroil qirg‘oq anklavini 17 yil davomida, 7-oktabrgacha qamal qilib kelganining o’zi Falastin iqtisodiyotiga 35 milliard dollar zarar keltirgan edi.
"Isroilning so'nggi tajovuzi G'azo iqtisodiyoti tobutiga qoqilgan navbatdagi mix bo’ldi, — dedi Bakr “Al-Jazira” bilan suhbatda. — Xususiy sektordagi bevosita yo'qotishlar 3 milliard dollardan, bilvosita yo'qotishlar esa 1,5 milliard dollardan oshdi".
Uning qo‘shimcha qilishicha, qishloq xo‘jaligi sektori to‘g‘ridan-to‘g‘ri 300 million dollar zarar ko‘rgan.
"Bu, shimol va sharqda Isroil devori yaqinidagi qishloq xo'jaligi yerlarida mevali daraxtlarni ildizi bilan yulib olish va buldozer bilan kesishni o'z ichiga oladi, ya'ni fermerlar ekkanlarini o'rib olishlari uchun yana bir necha yil kerak bo'ladi", — deb tushuntirdi u.
“Gap G‘azodagi iqtisodiy faoliyatning to‘liq falajlanishi haqida ketmoqda. Xususiy sektorda qishloq xoʻjaligidan tortib to xizmat koʻrsatish sohasigacha boʻlgan 65 ming iqtisodiy obyektlar mavjud boʻlib, ular urush tufayli yo vayron bo’lgan, yo o’z faoliyatini to’xtatgan. Bu ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat xavfsizligining qirilib ketishiga olib keldi”.
Qolaversa, Isroil tomonidan G'azoga kirishga ruxsat berilgan oz miqdordagi yordam BMT maktablarida hatto bir kunga qolgan bir millionga yaqin qochqinning ehtiyojlarini qondirishga yetmaydi.
“22-oktabrdan 12-noyabrgacha, ya’ni 20 kun ichida Gʻazo sektoriga 1100 dan kamroq yuk mashinasi kirdi, — dedi Bakr. — Ushbu yuk mashinalarining 400 dan kamrog'i oziq-ovqat tashigan. G'azoning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojining 10 foizi bazo'r qondirilgan. Ayniqsa, 7-oktabrgacha har kuni kamida 500 ta yuk mashinasi sektorga kirib kelganini hisobga olsak, bu yetarli emas”.
“G’azo sektoriga 2,3 million aholi ehtiyojini qondirish uchun kuniga 1000-1500 yuk mashinasi kerak”, — deb qo’shimda qildi u.
"Bozor-o’char qilish uchun jasadlar yonidan o'tishimizga to’g’ri keldi"
Vaqtinchalik sulh davom etar ekan, Muhammad Yosir Abu Amra Deyr al-Balah bozorida har kuni sotadigan ziravorlar va don qoplari yonida turibdi.
"Urush yuk tashish narxidan tortib to etkazib berishgacha ta'sir qildi, — deydi 28 yoshli yigit. — Menda nima bo'lishidan qat'i nazar, bu tugashi bilan men ayrim mahsulotlarni sotib olishga pulim bo'lmaydi, chunki ular qimmatlashadi, shuning uchun men ilgarigi darajaga erishish uchun narxlarni oshirishdan boshqa ilojim yo'q."
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarning yopilishi va ulgurji sotuvchilarning do‘kon egalariga oziq-ovqat mahsulotlarini ancha qimmat narxlarda sotishi narxlar oshishining asosiy sababi bo’lmoqda.
“Ilgari bir kilo yasmiq 2 shekel (0,50 dollar) edi, biz esa 3 (0,80 dollar)dan sotardik, — deydi Abu Amra. — Endi biz uni 8 shekelga (2 dollar) xarid qilib, 10 (2,60 dollar) ga sotmoqdamiz."
Bir qop fava loviya 70 shekel (18 dollar) bo‘lgan bo‘lsa, hozir 150 shekel (40 dollar) turadi, deya qo‘shimcha qildi u, bir qop makkajo‘xori unining narxi 90 shekel (19 dollar) bo‘lgan, hozir esa 120 shekel (32 dollar). Abu Amraning qo‘shnisi, u ham do‘kon egasi, Isroil hujumida uyi va omboridan ayrilgan va oqibatda 8000 dollar miqdoridagi oziq-ovqatni yo‘qotgan.
Imm Vatan Muxeysan ismli yana bir xaridor baland ovozda hozirgi narxlardan "aqldan ozish mumkin” deya baqirib, atrofdagi do'kon egalarining hafsalasini pir qildi.
"Agar sizda 1000 shekel (270 dollar) bo'lsa, siz faqat bir nechta oziq-ovqat sotib olishingiz mumkin, — dedi u. — Bir kilogramm kartoshka hozir 25 shekel (6,70 dollar) turadi, ilgari uch kilosini 5 shekelga olardik (1,70 dollar).
To'rt hafta oldin G'azo shahri sharqidagi Shati (Sohil) qochqinlar lageridagi uyidan qochib ketgan yetti nafar farzandning onasi Deyr al-Balahdagi BMT qizlar maktabida panoh topmoqda va u yerda o'zi va oilasi zo'rg'a kun kechirayotganini aytdi.
"Biz bu yerga kelayotgandik va ko'chada jasadlar orasidan o’tishga majbur bo'ldik, — deydi u. — Biz bozorga eng zo'r kiyimlarimizni kiyib yurardik... Biz bu yerga tilanchilik uchun kelganimiz yo'q".
Qora bozor narxlari oshib bormoqda
18 yoshli do‘kon egasi Ahmad Abulnaja urush boshida o‘zining amakivachchasi Ali bilan kiyim-kechak sota boshlagan. U narxlarning oshishi ortida ulgurji savdogarlar turadi, deb hisoblaydi.
“Bir vaqtlar sport kostyumi 20-25 shekeldan (5,30-6,70 dollar) sotilgan bo‘lsa, hozir 45 (12 dollar)dan sotilmoqda, — dedi u. — Ya'ni, ulgurgi savdogar narxlarni oshirdi, chunki mahsulotlar yetib kelmayapti."
Narxlarning ko'tarilishi kiyim-kechakdan ko'ra oziq-ovqat mahsulotlarida sezilarli bo'ldi, ammo kiyim-kechaklarga bo'lgan talab ham yuqori, chunki uylarini tark etishga majbur bo’lgan odamlar qish boshlanishi bilan issiq kiyim sotib olishga harakat qilmoqdalar. Ular G‘azo shimolidagi uylarini o’zlari bilan hech vaqo olmay tark etishiga to’g’ri keldi.
Abulnajaning amakivachchasi Ali qora bozor narxlari hali uzoq vaqt davom etadi, deb hisoblaydi, boisi G'azodagi vayronagarchiliklar ko'lami juda katta va oziq-ovqatga bo'lgan talab pasayganicha yo'q.

Powered by Froala Editor