Jahon yulduzlari Islom sivilizatsiyasi loyihasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

O'zbekiston

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida kengaytirilgan ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda markaz faoliyatini rivojlantirish, ilmiy va madaniy loyihalarni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Jahon yulduzlari Islom sivilizatsiyasi loyihasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda markaz ekspozitsiyalari uchun 150 dan ortiq qisqa film va videoroliklar tayyorlanmoqda. Ushbu materiallar orqali islom madaniy merosi va buyuk allomalar faoliyati zamonaviy talqinda namoyish etiladi.

Loyihalarda dunyo kino yulduzlari hikoyachi sifatida ishtirok etadi. Ular orasida ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsli ham bor. U “Gandi”, “Shindler ro‘yxati”, “Tabib. Ibn Sinoning shogirdi” va “Fors shahzodasi” filmlaridagi rollari bilan tanilgan. Ayniqsa, “Tabib”dagi Ibn Sino obrazi bilan bog‘liq ishtiroki bu loyiha uchun ramziy ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Morgan Friman, Denzel Vashington, Mel Gibson, Burak Ozchivit va Anjyelina Joli kabi aktyorlar bilan ham hamkorlik rejalashtirilgan.

Markaz direktori o‘rinbosari Rajab Rajabov ta’kidlashicha, har bir videoloyiha ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi, bu esa uning mazmuni va sifatini ta’minlaydi.

Loyihalar CNN, BBC va Euronews kabi xalqaro telekanallar bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda. Ben Kingslining ovozi orqali yangraydigan maxsus videoloyiha markazning tarixiy ahamiyati va ma’rifiy missiyasini butun dunyoga yetkazishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing