“Biz Kubani tashlab qo‘ymaymiz”: Rossiya neft yetkazib berishni oshirmoqda
Dunyo
Rossiya davom etayotgan energetik inqiroz fonida Kubaga ikkinchi neft tankerini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva tashqi bosimga qaramay Kubani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. “Biz kubaliklarni qiyinchilikda tashlab qo‘ymaymiz”, — dedi u.
Bu bayonot Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri Matansas portiga 730 ming barrel neft yetkazib berganidan ikki kun o‘tib yangradi. Bu so‘nggi uch oy ichidagi birinchi shunday yetkazib berish bo‘ldi. Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, bu hajm mamlakatning dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan ehtiyojini 9–10 kun davomida qoplashga yetadi.
Kuba zarur yoqilg‘ining atigi 40 foizini ishlab chiqaradi va importga bog‘liq. Avval Venesueladan keladigan asosiy yetkazib berishlar kamaydi, Meksika esa AQSh bosimi ortidan eksportni to‘xtatdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Kubaga neft yetkazib berayotgan davlatlarga nisbatan bojlar joriy etilishi mumkinligini bildirgan edi. Shu bilan birga, u alohida yetkazib berishlar mamlakatdagi vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartirmasligini qayd etgan.
Cheklovlar fonida Kubadagi energetik inqiroz kuchaydi: elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘paydi, oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligi yuzaga keldi. Eng ko‘p zarar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga tegmoqda.

Powered by Froala Editor