Biz Rossiya hududiy da’vo qiladi degan xavotirda emasmiz – Toʻqayev
Siyosat
Unga koʻra, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi chegara delimitatsiya va demarkatsiya qilingan, har ikki davlat parlamentlari tomonidan ma’qullangan va ratifikatsiya qilingan.
Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev hududiy da’vo bo‘yicha Rossiyadan hech qanday tahdid yo‘qligini aytdi. Bu haqda u Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols bilan muzokaralardan so‘ng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida soʻz ochgan.
Toʻqayev Qozog‘iston Rossiya bilan ikki tomonlama asosda va tegishli integratsiya birlashmalari doirasida do‘stona aloqalarni davom ettirishini ta’kidladi.
“Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi chegaraga kelsak, u sezilarli darajada delimitatsiya va demarkatsiya qilingan, har ikki davlat parlamentlari tomonidan ma’qullangan va ratifikatsiya qilingan. Shuning uchun biz Rossiya hududiy da’vo qiladi degan xavotirda emasmiz”, dedi Qozogʻiston rahbari.

Powered by Froala Editor