BMT bayroqlari yarimga tushirildi va bir daqiqalik sukut e'lon qilindi
Dunyo
Antoniu Guterrish ushbu sukutda BMT xodimlariga boshchilik qildi.
Nyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasi oldida bayroqlar yarimga tushirildi va bir daqiqalik sukut e'lon qilindi.
Ma'lum qilinishicha, BMTda Yaqin Sharqda davom etayotgan mojaroda halok boʻlgan xodimlari xotirasiga motam eʼlon qilingan.
Bosh kotib Antoniu Guterrish BMT shtab-kvartirasida bir daqiqalik sukut saqlashda tashkilot xodimlariga boshchilik qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi bir oy ichida G‘azo sektorida faoliyat yurituvchi eng yirik gumanitar tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ning 101 nafar xodimi hayotdan ko‘z yumgan. BMT rasmiylariga ko‘ra, bu tashkilot tarixida qisqa vaqt ichida mojaro hududlarida bunchalik ko‘p xodimning halok bo‘lishi ilk bor kuzatilmoqda.

Powered by Froala Editor