Bojxonachilar tosh plitalar orasidan 7,5 miliard so‘mlik sigaretlarni fosh qildi
O'zbekiston
O‘zbekiston bojxona organlari tomonidan noqonuniy tovar aylanmasiga qarshi kurash doirasida navbatdagi yirik huquqbuzarlik fosh etildi. Bojxona qo‘mitasining tezkor xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan operatsiyalar davomida 155 ming qutidan ortiq tamaki mahsulotlari noqonuniy olib kirilayotganligi aniqlangan.
Toshkent shahridagi bojxona omborlaridan birida tadbirkorlik subyektlaridan birining nomiga keltirilgan va tezkor kuzatuvga olingan temir yo‘l vagonlari bojxona inspektsiyasidan o‘tkazildi. Yo‘l-yuk hujjatlariga ko‘ra, vagonda travertin plitalari mavjud bo‘lishi kerak edi. Ammo bojxona xodimlari o‘tkazgan sinchkov tekshiruv natijasida plitalar orasida maxsus yashirin bo‘shliqlar mavjudligi fosh etildi.
Mazkur yashirin joylardan 51 dona zarqog‘ozga o‘ralgan qog‘oz qutilar topildi. Xolislar ishtirokida ushbu qutilar ochilganida ichkarisida 76 500 quti tamaki mahsulotlari yashirilgani aniqlandi.
Buxoro viloyatidagi "Xo‘jadavlat" temir yo‘l chegara bojxona postida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Tezkor tuzilmalar xodimlari aynan oldingi tadbirkorlik subyekti nomiga keltirilgan yana bir vagonni tekshirishdi. Ushbu vagonda ham travertin plitalari orasida 91 dona qog‘oz qutilari yashirilgani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv davomida ushbu qutilar ichidan 79 090 quti sigaret aniqlanib, ular O‘zbekiston Respublikasining aksiz markasi bilan qadoqlanmaganligi va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmaganligi tasdiqlandi.
Olib borilgan tezkor operatsiyalar natijasida jami 155 590 quti tamaki mahsulotlari huquqbuzarlardan olib qo‘yildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu noqonuniy mahsulotlarning umumiy qiymati 7,5 milliard so‘mdan oshadi.
Bundan tashqari, yuk egalari davlat budjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 2,2 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochishga harakat qilishgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Powered by Froala Editor