Boks Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi dasturiga kiritildi
Sport
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Gretsiyaning Kosta-Navarin shahrida bo‘lib o‘tayotgan 144-sessiyasida boksni 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qilindi. 100 dan ortiq delegat ushbu qarorni qo‘llab-quvvatladi, bu esa Olimpiadada sport turining kelajagi haqidagi uzoq davom etgan munozaralarga nuqta qo‘ydi.
Avvalroq, 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida XOQ rahbari Tomas Bax boksni qo‘shish masalasi ovozga qo‘yilishini aytgandi. Bugun delegatlar ushbu ommaviy sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturida qolishini bir ovozdan tasdiqladi.
XOQ Los-Anjelesda boks bo‘yicha musobaqalar World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Bu Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) bundan buyon Olimpiya musobaqalarini tashkil etishda ishtirok etmasligini anglatadi. Qo‘mita IBAni shaffof bo‘lmagan rahbariyat, moliyaviy firibgarlik va hakamlik aralashuvi uchun bir necha bor tanqid qilgan.
XOQ uzoq vaqt davomida boksni Los-Anjeles-2028 dasturiga kiritmadi, chunki uning boshqarilishiga ishonchi komil emas edi. Delegatlarning 2025-yil 20-martdagi ovoz berishi boks dasturda qolishini, ammo IBA emas, balki World Boxing ostida o‘tkazilishini uzil-kesil tasdiqladi.
Boksni dasturga kiritish to‘g‘risidagi qaror yetakchi sport federatsiyalari va milliy olimpiya qo‘mitalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Endilikda Olimpiada-2028 dasturining rasman tasdiqlanishi yakunlandi va butun dunyo bokschilari Los-Anjelesdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

Powered by Froala Editor