Bokuda Turk Qizil Yarim Oy tarmog‘i deklaratsiyasi imzolandi
Dunyo
Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlarining Qizil Yarim Oy jamiyatlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida Turk Qizil Yarim Oy tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha deklaratsiya imzolandi.
AZERTADJ xabariga ko‘ra, ushbu hujjat a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashga tayyorligini tasdiqlaydi. Deklaratsiya bilim va tajriba almashinuvini kengaytirish, qo‘shma gumanitar loyihalarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish imkoniyatlarini kuchaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.
Yangi platforma milliy jamiyatlar o‘rtasidagi muvofiqlashuv samaradorligini oshirish va turkiy mamlakatlarning inqirozlarga birgalikda javob berish qobiliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Yangi platforma milliy jamiyatlar o‘rtasidagi muvofiqlashuv samaradorligini oshirish va turkiy mamlakatlarning inqirozlarga birgalikda javob berish qobiliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Powered by Froala Editor