Bolaga nisbatan maishiy zo'ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

O'zbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Bolaga nisbatan maishiy zo'ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Qonun loyihasi bilan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

Amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin”mazmunidagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing