«Bu oddiy yozgi issiq emas»: AQShda ekstremal harorat qurbonlari soni ortmoqda

Dunyo

AQShdagi anomal jazirama kamida 25 kishining hayotiga zomin bo‘lib, mamlakatning millionlab aholisi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Eng ko‘p o‘lim holati Nyu-Jersi shtatida qayd etildi — ekstremal harorat oqibatida 22 kishi vafot etdi.

«Bu oddiy yozgi issiq emas»: AQShda ekstremal harorat qurbonlari soni ortmoqda
NBC ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati 30 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan. Nyu-Jersi sog‘liqni saqlash departamenti vakili Dalia Evais hozirgi jazirama odatiy yozgi issiqdan keskin farq qilishini va har qanday yoshdagi odamlar hamda hayvonlar hayoti uchun qisqa vaqt ichida xavfli tus olishi mumkinligini ta’kidladi.

Yana bir o‘lim holati Kuk okrugida qayd etildi. Missisipida 74 yoshli erkak issiq urishi oqibatida vafot etdi, Boltonda esa 83 yoshli ayol halok bo‘ldi.

O‘tgan dam olish kunlari AQSh Milliy ob-havo xizmati mamlakat sharqidagi qariyb 156 million aholi uchun anomal jazirama haqida ogohlantirish e’lon qildi.

Hukumat idoralari ekstremal harorat saqlanib qolayotgan bir paytda aholini ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing