Bugun Ashxobodda MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi
Dunyo
Bugun Ashxobodda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibida ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari bor. Bu haqda Turkmaniston xalqaro axborot markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, muhim tarmoqlar – energetika, infratuzilma, sanoat va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Hukumat rahbarlari Energetika sohasida hamkorlik konsepsiyasi va MDHda transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasi loyihalarini ko‘rib chiqadi.
Tor doirada Hamdo‘stlik doirasidagi iqtisodiy integratsiyaning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash, kimyo sanoati, xavfli chiqindilarni boshqarish va intellektual mulkni himoya qilish sohalarida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.
Ushbu yig'ilishda Ashxobodni Hamdo'stlikning yangi sport imkoniyatlari shahri deb e'lon qilish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor